Turkiston viloyatida shahar va tumanlar hokimlari va mutasaddi idoralar ushbu yo‘nalishda nazorat olib boradi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Foto: Tenginews

Viloyat bosh sanitariya xodimining buyrug‘iga binoan karantin rejimiga va cheklov choralariga rioya qilmaganlar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.

“Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari va O‘zbekiston Respublikasidan kelgan odamlar COVID-19 laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilib, 12 kunlik uy karantiniga olinadi. “Tengizshevroyl” MChJdan kelgan, u yerda vaxta tartibida ishlaydigan fuqarolar esa karantin stasionar kasalxonasida 2 kungacha izolyasiya qilinadi”, – deyiladi nashr xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiston viloyatida karantin cheklovi 8-iyunga qadar uzaytirilgan.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 8969 nafarni tashkil etmoqda.