Foto: Google

Unda kechaning asosiy jangi Deontey Uaylder (42-0-1, 41 KO) va Tayson Fyuri (29-0-1, 20 KO) o‘rtasida kechadi. Uaylder ushbu jangda o‘zining WBC kamarini himoya qiladi.

Qayd etish joiz, ikkala yengilmas bokschi 2018-yil 12-yanvarida bir-biriga qarshi ringga chiqqan, 12-raundlik jang yakuniga ko‘ra hakamlar durang natijasini qayd etgandi.

Las-Vegasdagi boks kechasida quyidagi sportchilar ham ringda o‘zaro kuch sinashadi:

Emanuel Navarette — Jeo Santisima

Chalrz Martin — Jerald Vashington

Subriel Matias — Petros Ananyan