O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Professional futbol ligasi bayrog‘i ostida o‘tadigan uchrashuvlarning real vaqt rejimi (onlayn shakl) dagi audiovizual huquqlarini olish uchun translyator va telekommunikatsion kompaniyalar, shuningdek sport huquqi sohasidagi agentliklar o‘rtasida tender e’lon qiladi.

Foto: Google

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi FIFA hamda OFK normalari asosida o‘tkaziladigan musobaqalar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning tashkilotchisi sifatida audiovizual huquqlariga bevosita egalik qiladi.

Tenderda ishtirok etish niyatida bo‘lgan kompaniyalar 2020-yil 5-iyun kuni (soat 18:00) ga qadar rasmiy so‘rov yuborishlari talab etiladi. Murojaatlar marketing@ufa.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi, deyiladi assotsiatsiya axborot xizmati xabarida.

Belgilangan muddat yakuniga yetgach tenderda qatnashish istagini bildirgan barcha kompaniyalarga audiovizual huquqlarning qay tartibda taqdim etilishi batafsil ma’lum qilingan rasmiy hujjatlar jo‘natiladi.