Koronavirus epidemiyasi tufayli Shvetsiya katta iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda deb hisoblaydi Bloomberg.

Foto: Google

Mutaxassislar fikriga koʻra, mamlakatda mahsulot va xizmatlarga boʻlgan talab tushib ketishi oqibatida ishsizlik darajasi ildam oshib bormoqda va yaqin orada u 17%ni tashkil qilishi mumkin. 

Koronavirus pandemiyasi bilan bir vaqtda ichki talabning keskin kamayiishi hamda ishsizlik oshishi Shvetsiya uchun toʻlaqonli iqtisodiy inqirozga aylanishi mumkin deb hisoblaydi agentlik iqisodiy tahlilchilari.  

Maʼlumotlarga koʻra, aprel oyida ishsizlik darajasi 7,9 %ga chiqqan, mavsumiy omillar bilan qoʻshib hisoblaganda ushbu koʻrsatgich 8,2 %ni tashkil qilmoqda. Eng katta yoʻqotish turizm va restoranlar sohasiga toʻgʻri kelgan.

Bloomberg tahilichisi Yoxanna Yensson fikriga koʻra, ichki bozorda talab oʻzini tiklab olmasa mamlakatda ishsizlik darajasi 17 %ga yetishi mumkin.

Oʻzgargan iqtisodiy sharoitlarda Shvetsiya hukumati korxonalarga ishchilarni ishdan boʻshatishni osonlashtirish va arzonlashtirish siyosati haqida oʻylamoqda. Shvetsiyadagi Moʻtadil partiya rahbari Ulf Kristerson aytishiga qaraganda bunday qadam soʻnggi oʻn yilliklar davomida “mehnat qiliuvchilarga nisbatan uyushtirilgan eng katta hujum” boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Yevropaning aksariyat davlatlaridan farqli oʻlaroq, koronavirus tufayli karantin joriy etishdan voz kechgan edi. Shvetsiyada chegaralar yopilmagan, maktablar, restoranlar va magazinlar oʻz faoliyatini toʻxtatmagan edi. Buning oqibatida Shvetsiyada katta yoshli fuqarolar orasida koronavirusga chalinish va oʻlimlar soni keskin oshib ketdi. Iqtisod ham muammolardan chetda qolmadi. 

Ayni damda Shvetsiyada rasman koronavirusga chalinganlar soni 34 ming kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 4 mingdan ortigʻi vafot etgan. COVID-19 bilan kasalanganlar orasida “oʻlim” koefitsenti boʻyicha Shvetsiyada dunyoda eng yomon koʻrsatgichlar qayd etilgan. Koronavirusga chalinganlar orasida vafot etganlar ulushi 12 %ni tashkil qilmoqda. Qoʻshni Finlandiyada ushbu koʻrsatgich -4 %, Norvegiyada 2,8 %.

Maʼlumot uchun koronavirus boʻyicha “oʻlim” koefitsenti eng yuqori boʻlgan davlatlar Yaman – 18,8 %, Belgiya – 16%, Frantsiya – 15,5%, Italiya 14,2%, Britaniya – 14,1, Vengriya – 13,2 va boshqa davlatlar.   

Shuningdek, AQShda – 5%, Rossiyada – 1%, Oʻzbeksitonda – 0,4%.