O‘zbekistonda 275 ta korxona tomonidan kuniga 6 milliondan ortiq tibbiy niqob va 45 mingta himoya kombinezonlari ishlab chiqarilmoqda. 

Foto: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati

1,7 million dona niqob va 1,2 million dona kombinezon gumanitar yordam sifatida jo‘natilgan, 13,4 million niqob esa eksportga yo‘naltirilgan. 

Niqoblar ishlab chiqarish bo‘yicha Namangan (36 ta korxona), Andijon (28), Toshkent (26) viloyatlari va Toshkent shahri (29) yetakchilik qilmoqda. Ularning ulushiga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 75 foizdan ortig‘i to‘g‘ri kelmoqda.