Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining N. F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy tadqiqot markazi xodimlari oʻzlarida COVID-19’ga qarshi vaksinani sinab koʻrishdi. Bu haqda markaz direktori Aleksandr Gintsburg maʼlum qilgan.

Foto: Uzreport

Virusolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Anatoli Altshteynning Sputnik radiosiga bergan intervyusida maʼlum qilishicha, vaksinani uni yaratuvchilar tomonidan oʻzlarida sinab koʻrilishi normal holat sanaladi.

“Vaksina ishlab chiqarilmoqda va ishlanmaning katta qismi allaqachon yakunlangan. U hayvonlarda sinab koʻrildi. Vaksina yaratuvchilari uni oʻzlarida sinab koʻrishlari bu normal holatdir. Bu hech qanday tartib nazarda tutilmagan, bu shunchaki etika odati”, – deydi u.

Professorning soʻzlariga koʻra, tibbiyotda yangi vaksina yaratish bu kamdan-kam kuzatiladigan hodisa. Xatarlarni baholash bu kabi vaksinalarni odamlarda qoʻllash tajribasiga va hayvonlarda sinalgan natijalariga bogʻliq. Ushbu turdagi vaksinalar haqida bilimlar yaratuvchilarga bu sinovlarni minimal xavf bilan amalga oshirishga imkon bergan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.