Joriy yilning 25-may kuni soat 13:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 795 km.da haydovchi 1976 y.t. Z.K. (erkak) “Cobalt” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘ldan chiqib ketib, o‘ng tomondagi temir suv quviriga borib urilib, YTH sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, yo‘lovchi 1932 y.t. U.Yu. (ayol) og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Haydovchi Z.K. va yana bir yo‘lovchi 1978 y.t. J.G. (ayol) tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.