Bank tahlilchilarining fikriga koʻra, dunyo valyutalarining ommaviy devalvatsiyasi holatida dollar ohirgi boʻlib zarar koʻradi va bu mantiqan toʻgʻri ham, ammo baribir mijozlarga oltinga ishora qilishmoqda.

Foto: Xalq so’zi

Uoll-stritning baʼzi titanlari boʻlmish Amerikaning moliya bozorlarida boylik orttirgan yirik milliarder-sarmoyadorlar AQSH iqtisodiyoti koronavirusdan qanchalar zarar koʻrganidan qattiq tashvishda. Amerikalik milliarderlar odatda vatanparvarlik va yuqori darajadagi optimizm bilan ajralib turadi, chunki bu ularning ijtimoiy mavqeiga nisbatan oʻziga xos majburiyatdir, ammo, yuqorida yozganimizdek, ular hozir ancha tushkun ahvolda va oʻz mamlakatining yorqin kelajagiga, hech boʻlmaganda yaqin istiqbolda, anchagina shubha bilan qaramoqda, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Ammo hozir, qaygʻuga va baʼzan vahimaga tushgan milliarder-moliyachilarining qatoriga oʻz mijozlariga xavf-xatarlarga monetar emas, balki iqtisodiy nuqtai nazardan eʼtibor qaratishga maslahat berayotgan bankirlar ham qoʻshilishdi. Federal zaxira tizimi va uning dollar bosma uskunasining iqtisodiy inqirozga qarshi kurashi muvaffaqiyatli koʻringaniga qaramay, Amerikaning JPMorgan va Goldman Sachs kabi nufuzli banklari oʻz mijozlariga dollarlarga emas, balki oltinga investitsiya qilishni tavsiya qilishni xohlamoqdalar.

Va gap sariq metall toʻsatdan qandaydir darajada oʻta jozibador boʻlib qolganida emas (uning fizik xususiyatlari va “barqaror valyuta” sifatida tan olinishi – muddatsiz koʻrsatkich), balki koronavirus bahonasida global iqtisodiyotni ragʻbatlantirish uchun misli koʻrilmagan chora-tadbirlar fonida, shuningdek, keyingi yillarda butun dunyo yashashiga toʻgʻri keladigan shiddatli geosiyosiy notinchlik sharoitida, Amerika bankirlari uchun Amerika prezidentlarining portretlari chizilgan yashil qogʻozlardan koʻra oltin zaifsizroq koʻrinadi.

Bloomberg biznes axborot agentligi chop etigan JPMorgan bankining analitik tadqiqotida butun dunyo valyutalariga nisbatan bunday munosabatning eng yangi namunasi keltirilgan: “JPMorgan Chase & Co. fikriga koʻra, dunyoda misli koʻrilmagan pul va moliya choralari, yanada sust uzoq istiqbolli oʻsishga va  oltin narxini qoʻllab-quvvatlagan xolda, valyuta qadrsizlanishiga olib keladi”

Bank tahlilchilarining fikriga koʻra, dunyo valyutalari ommaviy devalvatsiyaga duch kelishi sharoitida dollar soʻnggi navbatda zarar koʻradi, va bu mantiqan mos, ammo ular mijozlarga asosiy aktiv sifatida dollarni emas, balki ushbu yoqimsiz stsenariyda yuqori darajadagi qiymatni saqlab qoladigan oltinga ishora qilishmoqda. Bank gapirib oʻtgan misli koʻrilmagan moliyaviy va kredit chora-tadbirlar bu aynan Gʻarb mamlakatlarining byudjet tanqisligi va hukumat qarzi darajasining pasayib ketishi koʻrinishidagi qiyinchiliklarida iqtisodlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlardir. Ajablanarlisi shundaki, Gʻarbning ilgʻor iqtisodchilari bu choralar hech qanday jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelmasligiga ishonishadi. Biroq, bankirlar ushbu bahoga yaqqol qoʻshilmasligini koʻrsatmoqdalar.

Darvoqe, Amerikaning yana bir nufuzli bankida, mart oyining oxirida, oltin hozirga qaraganda oʻn foizga arzonroq boʻlganida, sariq metallga sarmoya kiritishga katta qiziqish uygʻondi. Undi Financial Times ochiqchasiga shunday yozdi: “Goldman Sachs mijozlariga oltin sotib olish vaqti kelganligini aytmoqda”.

Taʼkidlash joizki, bankirlar nafaqat inflyatsion, balki dollar va Amerika moliya tizimining zaifligi bilan bogʻliq geosiyosiy xavflarni ham koʻrmoqda. Xuddi shu JPMorgan shuni taʼkidlamoqdaki, hozirda AQShning xalqaro maydondagi raqobatchilari va raqiblari moliyaviy sektorda Amerika gegemonligiga tahdid soluvchi texnologik imkoniyatlarga ega.

Bloomberg dollar va sanktsion tahdidlar baholashlariga iqtibos keltiradi: “JPMorgan Chase & Co. ga koʻra, markaziy bankning raqamli valyutalar gʻoyasi kuchayib borgani sari, AQSH ham ushbu vaziyatga eʼtibor qaratishi kerak – aks holda ular geosiyosiy hukmronligining asosiy jihatini yoʻqotish xavfi ostida qoladi. “Raqamli valyutaning vayron qiluvchi potentsialidan AQShdan koʻra hech qaysi mamlakat koʻproq yoʻqota olmaydi”, – deya taʼkidlashadi oʻz tahliliy hisobotida foiz stavkalari strategiyasi yoʻnalishi rahbari Djosh Yanger va Amerika iqtisodiyoti boʻyicha bank yetakchi mutaxassisi Maykl Feroli. Hamma narsa birinchi navbatda AQSh dollar gegemoniyasi atrofida aylanmoqda. Xalqaro savdo va xizmatlarda ishlatiladigan xalqaro zaxira valyutasi va almashinuv vositasining chiqarilishi katta avzalliklarni beradi”.

Bank tahlilchilari eslatadi, agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi “raqamli yuan” va “raqamli yevro” texnologiyalarini (yaʼni mavjud valyutalar ekvivalenti, ammo anʼanaviy bank tizimidan tashqarida ishlaydigan – maʼlum markaziy bank yoki ularning vakolatli tuzilmalari bazada mavjud boʻlgan elektron hamyonlarga asoslangan holda ishlaydigan) yaratishda muvaffaqiyat qozonsa, Yevropa Ittifoqi ham, Xitoy ham xalqaro savdoda dollarlarni siqib chiqarish uchun jiddiy harakatlar qilishlari xavfi mavjud. JPMorgan tahlilchilarining taʼkidlashicha, hatto bunday raqamli valyutalarning SWIFT tizimiga ehtiyoji yoʻqligi (undan uzib qoʻyishni AQSH geosiyosiy raqiblarga qarshi sanktsiya sifatida ishlatadi), bu Amerikaning sayyoradagi moliyaviy ustunligiga katta muammodir. Taʼkidlab oʻtamiz, ushbu stsenariyda nafaqat Vashingtonning diplomatiyasi imkoniyatlari, balki dollarga boʻlgan talab ham zarar koʻradi. Garchi AQSh iqtisodiyoti (sotib olish qobiliyati pariteti boʻyicha, 2019-yil uchun Statista maʼlumotlari) dunyo iqtisodiyotining atigi 15 foizini tashkil etadi, dollar esa xalqaro savdoning yarmidan koʻpida ishlatildi, AQSH valyutasiga boʻlgan talab “tabiyatan asoslangan” past nuqtasigacha yetgunicha ancha uzoq pasayib boradi. Bu muammo ertagayoq roʻyobga chiqadi degani emas, lekin agar “raqamli” yevro va yuan tahdidi Amerikaning yirik bankining eʼtiborini jalb qilgan boʻlsa, demak, bu yerda muammo borligi shubhasiz va u anchagina jiddiydir.

Taqdirning istehzosi: kelajakda dunyo inflyatsion zarbasidan eng koʻp zarar koʻrishi mumkin boʻlganlar (yaʼni oddiy amerikaliklar va boshqa mamlakatlardagi oʻz omonatlarini dollarda saqlashni yoqtiradiganlar) xavflar haqida ohirgi navbatda bilib qolishadi. Forbes nashri Goldman Sachs badavlat mijozlari bilan “inflyatsiya, oltin va bitkoin” mavzusida maxsus selektor majlisini oʻtkazayotganini maʼlum qildi, ammo oddiy odamlar uchun bu yigʻilishga qoʻngʻiroq qilish imkoni yopiq.

Biroq, AQShning koʻplab geosiyosiy raqiblariga amerikalik bankirlarga quloq solishlari shart emas – ular oʻzlari barcha xavflarni oldindan hisoblab chiqdilar. Shu sababli Amerika bosmaxonasining “virusli” ishga tushirilishi va “raqamli yuan” bilan Xitoyning birinchi tajribalari bilan, markaziy banklar, shu jumladan, hatto AQShning baʼzi ittifoqchilarining markaziy banklari ham oltin sotib olishni yoki chet ellarda saqlanadigan quyma oltinni repatriatsiya qilishni boshladilar. Jahon moliyaviy tizimining qayta sozlanishi qachon va qaysi shaklda yuz berishini oldindan aytish qiyin, ammo yirik geosiyosiy ishtirokchilar allaqachon bunday qayta sozlashlarga faol tayyorgarlik koʻrayotganliklariga hech ham shubha qilib boʻlmaydi.