Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 362 mingdan oshdi. Bu haqda 26-may, seshanba kuni Telegram kanal “Stopkoronavirus RF” xabar berdi.

Foto: Google

O’tgan kun davomida +8915 ta koronavirus infeksiyasining yangi holatlari qayd etildi. Mamlakat bo’yicha 85 ta hududda 362,342 ta holat aniqlandi. Shuningdek, tuzalib ketgan bemorlarning soni 118,798 taga yetdi.

Kuniga esa 174 ta o’lim qayd etildi. Rossiyada butun davr mobaynida jami 3807 kishi koronavirusdan vafot etdi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.