Foto: Tribuna

Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘yin «Sport» telekanali orqali jonli translyatsiya qilinishi kutilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da Sharjadagi «Al Hamriya» stadionida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Belarus milliy jamoasi ayni damda FIFA reytingida 87-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa 85-pog‘onaga joylashgan. O‘zbekiston 2020 yildagi ilk rasmiy o‘yinini 31 mart kuni Bahraynda Yamanga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi qolgan jamoalar 26 martda o‘zaro o‘ynaydi va shu kuni O‘zbekiston Toshkentda Armanistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi, deyiladi xabarda.