Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

O‘zbekiston tumanida 14-may kuni fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtomashinasini Qudash qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Yu.J.ni boshqaruvidagi “Moskvich-412” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilishi oqibatida Yu.J. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Farg’ona viloyat IIB axborot xizmati xabarida.