Ayni paytda gilos eksporti o‘zining qizg‘in pallasida. Joriy yilning 25-may holatiga ko‘ra, 15,751 tonna (qiymati 30,194 223 mln dollarlik) gilos eksport qilingan.

Foto: “O‘zbekoziqovqatxolding” axborot xizmati

Ushbu mavsumda ham qo‘shni Qozog‘iston o‘zbek gilosining asosiy xaridori ekanligini ko‘rsatgan holda 7700 tonna gilosni xarid qilib oldi. Rossiya Federatsiyasiga 4551 tonna, Qirg‘izistonga esa 3320 tonna gilos eksport qilindi.

Raqamlardan ko‘rish mumkinki, eksport qilinayotgan o‘zbek gilosining eng katta qismi ushbu uch mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, Belarus’, BAA, Polsha, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Tailand kabi davlatlarga 200 tonnaga yaqin gilos eksport qilingan.

Gilos eksporti davom etmoqda.

Tahlil “O‘zbekoziqovqatxolding” mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.