Moskvda bir kunda rekord darajadagi 8033 nafar bemor koronavirusdan tuzalib ketdi. Bu haqda shahar merining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.

Foto: TRT

“Oʻtgan sutka davomida davolanishdan soʻng bir yoʻla 8033 kishi tuzalib ketdi. Bu rekord darajadagi kishi. Infektsiyadan tuzalib ketganlarlarning umumiy soni 61,619 kishiga yetdi. Umid qilamizki, ushbu ijobiy oʻsish davom etadi”, – deya qayd etgan Rakova.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Moskvada 166 mingtadan ziyod koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilgan. Shulardan 61 mingdan ziyodi tuzalib ketgan, 3 mingga yaqin kishi vafot etgan.