“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tizimidagi “O‘zagroeksport” aksiyadorlik  jamiyati  va  Rossiyaning  “Pyatyorochka” savdo  tarmog‘i  o‘rtasida yangi eksport shartnomasi  imzolandi.

Foto: Google

Umumiy  qiymati  200 ming dollarga  teng  mazkur shartnomaga ko‘ra  200 tonna piyoz, 100 tonna  sabzi, shuningdek gilos va o‘rik Rossiya bozoriga  eksporti qilinadi.

Maʼlumot o‘rnida, “Pyatyorochka” Rossiyadagi yirik savdo  tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat bo‘ylab uning 20 mingga  yaqin savdo  do‘konlari  mavjud.