Buxoro viloyat IIB xabariga ko’ra, joriy yil 24-may kuni soat 20:20 larda Buxoro shahri Poyi Ostona ko‘chasida yashovchi 23 yoshli qiz (ruhiy xasta) “Labi hovuz” majmuasidagi hovuzga o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Foto: Google

Shu yerda xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi leytenant Feruz Tashev tomonidan fuqarolar ko‘magida qiz suvdan chiqarilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va oilasiga topshirilgan.

Majmuada o‘rnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan videolavhada qiz dastlab g‘ira-shirada suv deb o‘ylab tosh supaga, so‘ngra hovuzga sakraganini ko‘rish mumkin.