Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida IT – kompyuter dasturchisi mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov xabar berdi.

Foto: Google

Tanlov video suhbat orqali o‘tkaziladi. O‘rtacha oylik ish haqi 150 ming rubldan 300 ming rublgachani (2000-4000 AQSh dollari) tashkil etadi.

Nomzodlar quyidagi dasturlarni bilishi kerak:

React/Redux, Saga, Typescript, Sass, Webpack, backbone/Marionette, PHP 7.x, (Freymovka — Larvel), Go (gorutin va kanallar), NoSQL (Redis, MongoDB, ElasticSearch) ma’lumotlar bazasi, bekendda ishlatiladigan dasturlar – Java/Scala, MySQL, PostgeSQL, ish jarayonida ishlatiladigan dasturlar – Git, Slack, Redmine, Jenkins.

Qiziquvchilar agentlikning labormigration.uz dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishlari uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:

Murojaat uchun: (+998 71) 202-33-55