Braziliyada koronavirusdan vafot etganlar soni 23,473 taga etdi, 24 soat ichida 800dan oshiq odam vafot etdi, deb xabar beradi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Foto: Focus

“Mamlakatda 23,473 o‘lim holatlari qayd etilgan, oxirgi 24 soat ichida 807 ta holat qayd etilgan”, – deyiladi xabarda. Virus yuqtirganlarga nisbatan o‘lim darajasi 6,3 %ni tashkil etmoqda. 

Jami 153,833 kishi davolandi, bu tasdiqlangan barcha holatlarning 41 foizini tashkil etadi. 

Hozirgi kunda mamlakatda 374 898 ta koronavirus holati qayd etilgan va bu borada Braziliya jahonda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda boryapti.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.