Tojikistonda joriy yilning 1-may kunidan boshlab pal’ma yog‘ini olib kirish taqiqi kuchga kirgan.

Foto: Google

Mahsulotni Respublikaga kirishini nazorat qilish Bojxona qo‘mitasiga yuklatilgan. Shuningdek, hukumat tomonidan Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Tojikstandart”ga tarkibida palma yog‘i bo‘lgan mahsulotlarni nazorat qilish topshirig‘i berilgan.

Avvalroq, tojikistonlik qandolat ishlab chiqaruvchilarga palma yog‘idan foydalanish taqiqlangan edi.