2020-yil 26-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3261 (+46) nafarni tashkil etmoqda.

Foto: Google

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining barchasi xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) yurtimizga kirib kelgan va karantinga olingan. Qolgan 2 nafari chegera post orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lib, 1 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 1 nafari Toshkent viloyatiga kirib kelgan.

Ayni paytda yurtimizda 2607 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 641 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.