Chukotkadagi Ugolnie Kopi aeroportiga Mi-8 vertolyotining qattiq qo‘nishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi TASS okrug hukumatiga tayanib.

Foto: RIA Novosti

“To‘rt kishi halok bo‘ldi. Vertolyot halokati sababi texnik nosozlik bo‘lgan”, – dedi nashr suhbatdoshi.

Chukotkaning Anadir viloyati rahbari Sergey Savchenkoga ko‘ra, avariya “ta’mirdan keyingi sinovlar paytida” bo‘lgan. Vertolyot qo‘ngach, yonib ketgan. Vafot etgan to‘rt kishi harbiy xizmatchilardir. Voqea mahalliy vaqt bilan 13:20 da (Toshkent vaqti bilan tonggi 6:20) sodir bo‘ldi. Vafot etganlar Rossiya harbiy havo kuchlari xizmatchilari, Mi-8 ning ekipaji hisoblanadi.

Favqulodda vaziyat federal ahamiyatga ega Ritxeu nomli aeroportda sodir bo‘ldi.