Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Turkmanistonda hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Foto: Asia Plus TJ

2020-yil 26-may holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 8969 kishiga yetdi. Bemorlarning 4515 nafari butunlay tuzaldi. 35 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 26-may holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 taga oshib, jami 1468 nafarga yetdi. Infeksiya tufayli o’lim holati 16 tani tashkil etmoqda.

30-aprel kuni Tojikiston ilk marta koronavirus bilan ilk holatlar qayd etilgani ma’lum qilingan edi. Birdaniga 15 ta holat aniqlangandi. Bugun, 26-may holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 3100 tani tashkil etmoqda va jami 46 ta o’lim qayd etilgan.

Afg’onistonda esa 26-may holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 11,173 nafarni tashkil etmoqda. 219 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 1097 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.