Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti gidroksixloroxin va xloroxinni COVID-19 uchun dori sifatida sinovdan o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

Foto: EPA-EFE / ALEX PLAVEVSKI

“Ijroiya guruhi birdamlik sinovi doirasida gidroksixloroxin va xloroxindan foydalanishni vaqtincha to‘xtatdi”, – dedi Gebreyesus.

U ushbu qaror nima bilan bog‘liqligini aytmadi, ammo dorilar hamon autoimmun kasalliklari va bezgak bilan og‘rigan bemorlar uchun davo ekanligini ta’kidladi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.