Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam JKning 184-moddasi bilan 13 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.A. o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, soliq to‘lamaslik hamda noqonuniy daromad orttirish maqsadida boshqa fuqarolar nomiga “Q-Farg’ona” XK, “Y-binokor”, “T-stroy”, “F-best” va “M-best” nomli MChJlarni tashkil qilgan.

Foto: UzNews

So‘ng, tashkil qilingan jamiyatlarning faoliyatini amalda o‘zi yuritib, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzib, savdodan tushgan 3,2 mlrd so‘mni kirim qilmaganligi, 163,2 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda “Q-Farg’ona” XK va “Y-binokor” MChJni qasddan bankrotlikka olib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.