Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan Dushanbega yana bir insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Aziya-Plyus nashri xabar bermoqda.

Foto: Aziya-Plyus

Bu safar 24 tonnalik yuk dori-darmonlardan, asosan antibiotiklardan iborat.

“O’zbekiston hukumati tomonidan Dushanbega yuborilgan yordam allaqachon shahar sog’liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmasiga berib yuborilgan”, – deya xabar beradi nashr.

Nashr so’zlariga ko’ra, shahar hokimi Rustam Emomali tegishli shahar tuzilmalariga koronavirus bilan kasallanganlarni davolash uchun olingan dori-darmonlarni maqsadga muvofiq ishlatilishini qat’iy nazorat qilishni buyurgan.

Manba, shuningdek, yordam uchun olingan barcha dori-darmon Samarqand-England Eco-Medical MChJ O’zbekiston-Buyuk Britaniya qo’shma korxonasida ishlab chiqarilganini aytgan.

“9-aprel kuni O’zbekiston Tojikistonga dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlari bilan tibbiyyot vagonlarini jo’natgan edi. 8-may kuni esa qo‘shni mamlakat prezidenti nomidan Dushanbe shahriga 8 ta o‘zbek virusologi va 10 tonna tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan 10 mexanik shamollatgich keldi”, – deyiladi nashr xabarida.

8-may kuni Tojikiston poytaxtining Bofanda stadionidagi vaqtinchalik kasalxona uchun 144 ta tibbiy konteynerlar O’zbekistondan yuborilgan edi.

Mamlakatda hozirga kelib infeksiyani yuqtirib olganlar soni 3100 taga yetgan. Qurbonlar esa 46 nafarni tashkil etmoqda.