Vena Tibbiyot Universitetida COVID-19 bilan og’rigan bemor uchun Yevropada birinchi o’pka transplantatsiyasi amalga oshirildi, deb xabar beradi dushanba kuni muassasa veb-sayti.

Foto: Google

Operatsiya amaliyoti o‘tkir o‘pka yetishmovchiligi ko‘zatilayotgan 45 yoshli avstraliyalik ayolga nisbatan o‘tkazildi. Ayol o‘pkasini saqlab qolishning iloji qolmaganidan so‘ng mazkur a’zoni ko‘chirish qaroriga kelingan.

“Fikrimizcha, ayni vaqtda bemorning holati a’lo darajada. Hozircha jiddiy muammolar kuzatilmayapti. U asta-sekinlik bilan o‘ziga kelmoqda. A’zolar ishlashi yaxshi holatda, biz xursandmiz. Biroq unga kasalxonadan javob berish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi”, – deya ta’kidladi universitetning jarrohlik klinikasi rahbari Valter Klepetko.