Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ta’kidlashicha, COVID-19’dan tuzalganidan keyin uning ko’rish qobiliyati yomonlashgan.

Foto: Getty Images

“Men ko’p yillar davomida birinchi marta ko’zoynak taqishim kerak. Menimcha, bu ta’sir qilishi mumkin. Ko’rish bilan bog’liq muammo koronavirusdan bo’lishi mumkin”, – Jonson brifing paytida shunday dedi. Ushbu eshittirish Sky News tomonidan olib borilgan.

Bosh vazir 27-mart kuni koronavirus bilan kasallanganligini ma’lum qilgan edi. O’shandan beri u yolg’iz ishlashda davom etdi. Uchinchi aprel kuni u videomurojaatida u hali ham yuqori haroratga ega ekanligini e’lon qilgandi. Keyinroq esa Jonson kerakli testlarni o’tkazish uchun kasalxonaga yotqizildi.

6-aprel kuni Bosh vazirning idorasi Jonsonning ahvoli yomonlashgani va reanimatsiyaga yuborilganini e’lon qildi. 7-aprel kuni, vazirning shamollatgichga ulanishi shart emasligi ma’lum bo’ldi. 9-aprel kunida Jonson intensiv terapiyadan oddiy xonaga o’tkazildi.

Bosh vazir 26-aprel kuni Dauning ko’chasidagi London qarorgohiga qaytib keldi va ertasidan ishga kirishdi.