BAAdagi Dubay amirligi 27-maydan boshlab iqtisodiy faoliyatini tiklamoqda. Bu haqda Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Rashid Al Maktum dushanba kuni Inqirozlarni boshqarish bo’yicha Oliy kengash yig’ilishida ma’lum qilgan. Uning so’zlarini Dubay hukumatining axborot markazi keltirdi.

Foto: RIA Novosti

“Dubayda iqtisodiy faoliyat 27-may, chorshanba kuni boshlanadi. Ish yuritish, shu jumladan kinoteatrlar va sport zallari ishini olib borish uchun barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda soat 06:00 dan 23:00 gacha ruxsat beriladi. Ushbu qaror dunyoda ro’y berayotgan voqealarni tahlil qilib, normal hayotni davom ettirishni kafolatlashdan so’ng qabul qilindi”, – dedi Al Maktum.

Jamoat joylarida niqob kiyib, ikki metr masofani saqlash kerak bo’ladi.

BAA sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari soni 30 mingdan oshdi. 248 kishi virus tufayli vafot etgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 346 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.