25-may kuni Qozogʻistonning Olmaota viloyatida alkgogol ichimligini isteʼmol qilib, mast boʻlgan 28 yoshli haydovchi Koksay Korasay mikrotumanidagi blokpostga kelib urilgan.

Foto: Xalq so’zi

Avvaliga u beton toʻsiqqa chiqib ketgan, soʻngra inersiya bilan salonida ikki nafar politsiyachi oʻtirgan patrul avtomashinasi bilan toʻqnashgan.

Oqibatda 42 yoshli patrul xizmati xodimi Jalgas Jangaziyev oʻta ogʻir jarohat olib, tez yordam kelgunicha hayotdan koʻz yumgan. Uning hamkasbi Dastan Abdikanov ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik u ham hushiga kelmay, vafot etgan.

BMW haydovchisi qamoqqa olingan. Ayni paytda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytiladi xabarda.

Olmaota shahar politsiya departamenti rahbariyati va shaxsiy tarkibi oʻz xizmat vazifasini oʻtash chogʻida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirgan.