Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoyga koronavirusning kelib chiqishini o’rganish uchun missiyani yuboradi, ammo tashrif vaqti hali aniqlanmagan. Bu haqda bugun JSSTning favqulodda sog’liqni saqlash dasturi direktori Maykl Rayan brifingda ma’lum qildi.

Foto: O’zA

“Biz xitoylik hamkasblarimiz bilan munozara jarayonidamiz, – dedi u. Tushunishimcha, ilmiy missiyaning aniq sanasi hali aniqlanmagan. Ammo biz turli mamlakatlarning ilmiy vakillari ishtirokida bunday missiyani o’tkazish uchun ertaroq imkoniyatni kutmoqdamiz”.

Rayanning qo’shimcha qilishicha, missiyaning vazifasi “virusning kelib chiqishini aniqlash” bo’ladi.

“Barcha tomonlar virusning kelib chiqishini o’rganish muhimligini tushunishadi”, – deya qo’shimcha qildi JSST Bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus. Chunki shu tarzda virusning kelib chiqishini o’rganish orqali kelajakda uning paydo bo’lishining oldini olishimiz mumkin”.

O’z navbatida, JSST eksperti Mariya van Kerkxove, hozirgi kunda olimlar uchun asosiy vazifalardan biri bu “oraliq tashuvchini aniqlash” ekanligini aytdi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 345 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.