Foto: Tribuna

«Chelsi» o‘z maydonida «Tottenhem» bilan o‘ynadi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida gollar Olive Jiru va Markos Alonso hisobiga yozildi. So‘ngi daqiqada esa Ryudiger o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.

«Chelsi» qatorasiga 4ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi. «Tottenhem» esa ketma-ket 3ta g‘alabadan so‘ng mag‘lubiyat alamini totdi.

Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 44 ochko bilan 4-o‘rinda, «Tottenhem» esa 40 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

APL, 27-tur
Chelsi – Tottenxem 2:1 (1:0, 1:1)
22 fevral, «Stemford Brij» stadioni

Gollar: 1:0 – 15 Jiru, 2:0 – 48 Alonso, 2:1 – 89 Ryudiger (avtogol). 
Chelsi – Kabalero, Jeyms, Aspilikueta, Kristensen, Alonso, Maunt, Jorjino, Barkli (Villian, 77), Kovachich, Ryudiger, Jiru (Abraxam, 71).
Tottenhem – Loris, Tanganga, Sanches, Alderveyreld (Ore, 78), Devis, Ndombele (Lamela, 63), Lo Chelso, Lukas Moura, Uinks, Bergveyn (Alli, 78), Vertongen.
Ogohlantirishlar: Uinks (23), Kristensen (65), Lo Chelso (81).