Pekinda 3,6 magnitudali zilzila yuz berdi, deya xabar beradi Xitoy seysmologik markazi.

Foto: Booking

Zilzila seshanba kuni kechasi Pekin vaqti bilan soat 0:54 da (dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:54) Mentugou hududida qayd etilgan.

Zilzila epitsentri 18 kilometr chuqurlikda aniqlangan.

RIA Novosti xabariga ko’ra, shahar markazi, epitsentrdan 35 kilometr uzoqlikda yer silkinishlari sezilmagan.

Jabrlangan va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar hozircha e’lon qilinmagan.