AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining matbuot kotibi Farhod Babashev javob qaytardi.

Foto: Sputnik

Savol: 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

Javob: 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2020-yilning 15-iyulidan 5-avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);

6-avgustdan 30-avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.

Hozirgi kundagi karantin tadbirlari sababli o‘qishni ko‘chirish jarayonlari muddatlarida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda vazirlikning rasmiy sayti (www.edu.uz) va telegramm kanali (@edu.uz) orqali e’lon beriladi, deya javob qaytarildi.