Kanadalik qo‘shiqchi Grayms va uning turmush o‘rtog‘i Ilon Mask yaqinda farzandli bo‘ldi va unga X Æ A-12 deb ism qo‘yishgan edi. Biroq ular bu fikridan qaytishga majbur bo‘lishdi. Bu haqda xonandaning o‘zi “Instagram”dagi muxlislari bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

Foto: Google

Chaqaloq tug‘ilgan Kaliforniya shtati qonunlariga ko‘ra, ismni ro‘yxatdan o‘tkazishda faqat ingliz alifbosidagi harflar, apostroflar va defislardan foydalanish mumkin.

Shu sabab Grayms va Ilon Mask juftligi chaqaloqqa qo‘ymoqchi bo‘lgan “X Æ A-12” ismidagi A-12 ni A-Xii ga almashtirdilar. Endilikda chaqaloqning hujjatlardagi ismi X Æ A-Xii bo‘ldi. “Rostini aytsam, bunisi yanada yaxshiroq ko‘rinyapti”, – deydi qo’shiqchi. 

Ammo Grayms ismdagi Æ harfi (ligatura)ni ishlatishga ruxsat bormi yoki yo‘qligi haqida to‘liq tushuntirib o‘tmadi. Shunday ekan Ilon va Grayms o‘g‘lining hujjatlargagi ismini yana bir bor o‘zgartirishga majbur bo‘lishlari mumkin.