Tojikistonda 25-may holatiga ko’ra COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 3100 kishiga yetdi. Bu haqda Aziya-Plyus nashri xabar berdi.

Foto: Aziya-Plyus

Mamlakatda kasallikni yangi 171 ta holati aniqlangan. Shuningdek, so’nggi bir kun ichida koronavirusdan o’lim qayd etilmagan. Ularning soni o’zgarishsiz qoldi – 46 ta.

Bugungi kunda davolanganib chiqqanlar soni 1395 tani tashkil etmoqda. Xabar qilingan yangi COVID-19 holatlari orasida 23-may kuni Turkiyadan qaytib kelgan Tojikiston fuqarolari ham bo’lishi mumkin.

Mamlakatda 30-aprel kuni birinchi infeksiya 15 kishida qayd etilgan edi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 345 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.