Avvalroq koronavirus infeksiyasi tasdiqlagan Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov kasalxonadan chiqarildi. Bu haqda 25-may, dushanba kuni Daily Storm nashri rafiqasi, Tatyana Navkaga asoslanib xabar berdi.

Foto: RBK

“Hammasi yaxshi (oilamiz bilan). Barcha kasalxonadan chiqarildi. Biz o’zimizni yaxshi his qilyapmiz. Biz karantin haftasida boshqa joyda bo’lamiz”, – dedi Navka.

Kreml rasmiy vakilining infeksiyani yuqtirib olgani 12-may kuni ma’lum bo’lgandi. Navkada ham koronavirus aniqlangan. 21-may kuni uning rafiqasi kasallikni yenggani haqida xabar bergan.

Kasallikning kechishini tavsiflagan Peskov, virus aniqlangandan keyingi birinchi kunida hech qanday alomatlar yo’qligini, keyinroq esa isitmasi borligini ta’kidlagan.

Koronavirus infeksiyasi oldinroq bosh vazir Mixail Mishustinda aniqlangan edi. U ham kasalxonadan chiqarildi va 19-may kuni ish boshlagan.