Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi qaroriga asosan joriy yilda respublika bo‘yicha jami 128,2 ming gektarga sholi ekilishi rejalashtirilgan.

Foto: Norma

Shundan asosiy maydonlarda 74,9 ming gektar va boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan 53,3 ming gektarga takroriy ekin sifatida ekilishi va yalpi sholi ishlab chiqarish hajmlari 640 ming tonnaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan va suv ta’minotini hisobga olgan holda asosiy maydonlarda Qoraqolpog‘iston Respublikasida 40 ming gektar, Xorazm viloyatida 14 ming gektar, Sirdaryoda 7,2 ming gektar, Toshkentda 5 ming gektar, Farg‘onada 3,9 ming gektar, Andijonda 2,4 ming gektar, Namanganda 2,2 ming gektarda sholi ekish kutilmoqda.