Foto: YHXBB axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 25-may kuni soat 11:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi bo‘ylab Furqat ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasi tomon haydovchi S.M. “Kamaz 54112” rusumli yuk tashuvchi transport vositasini boshqarib ketayotib, yerusti metro yo‘li o‘tgan ko‘prikka yetgan vaqtida 3.13. “Cheklangan balandlik” taqiqlovchi yo‘l belgisi (yuqori cheklangan balandlik 3,5 m) o‘rnatilganligiga qaramasdan, transport vositasi yuki bilan birga balandligi 4 m 40 sm bo‘lsada ko‘prik ostidan harakatni davom ettirishi natijasida, tirkamasi ustida bo‘lgan konteyner (bo‘sh) ko‘prikka tegib yerga tushgan.

Natijada tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi YHXBB axborot xizmati xabarida.