Moskvada pandemiya paytida migrantlar orasida jinoiy vaziyat yomonlashgani yoʻq, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida poytaxt hokimining iqtisodiy siyosat va mulk-yer munosabatlari boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Yefimov.

Foto: Sputnik

“Biz SHIIB bergan statistikani diqqat bilan kuzatmoqdamiz va chet el fuqarolari ishtirokidagi jinoyatlar soni kamayganini koʻryapmiz”, – dedi u.

Yefimovning soʻzlariga koʻra, hukumat shuningdek, RF qurilish kompaniyalari bilan barcha ishchilarni pandemiyada paytida zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlashga kelishib oldi.

“Biz ushbu kelishuvning amalga oshirilishini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Agar uy-joy kommunal hujaligini olsak, u martda ham, aprel oyida ham ishladi va hozir ham hech qanday cheklovlarsiz ishlashda davom etmoqda”, – dedi hokim oʻrinbosari.

Shuningdek, u bugungi kunda Moskvada migrantlar uchun amalda 430 mingga yaqin patent mavjudligini taʼkidlagan.

Avvalroq, ularning muddati avtomatik ravishda 3 oyga uzaytirilgan edi, ammo hozirda Rossiya poytaxtida yangi patentlar hech kimga berilmayapti, ilgari berilgan patentlar uchun toʻlovlar esa vaqtincha toʻxtatildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Aleksandr Grebenkin ham butun Rossiya boʻyicha pandemiyada migrantlar orasida jinoyatchilik oʻsishi kuzatilmaganini taʼkidlagan edi.

Biroq, u migrantlarga jinoiy harakatlarga aralashib qolishiga va cheklov choralari tugagandan soʻng tashrif buyuruvchilarga Rossiya hududida noqonuniy holatda qolib ketishiga yoʻl qoʻymaslik muhimligini taʼkidlagan.