Joriy yilning 25-may kuni soat taxminan 08:25 larda “Qamchiq” maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 268 km.da “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “HOWO” rusumli yuk mashinasining yo‘l chetida to‘xtab turgan “Damas” rusumli  avtomashina orqa qismidan kelib, to‘qnashuv sodir etganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: FVV axborot xizmati

To‘qnashuv tufayli “Damas” avtomashinasi o‘zidan oldinda to‘xtab turgan “MAN” rusumli yuk mashinasiga  urilgan.

Oqibatda   “Damas” avtomashinasining haydovchisi  Yu.N hamda ushbu avtoulovdagi yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

YTHda jabrlangan fuqarolarni o‘z vaqtida qutqarib qolish uchun boshqarma tezkor navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va qutqaruvchilar tomonidan ularga birinchi hamda psixologik yordamlar ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Xaloskorlarning keskin vaziyatda qabul qilgan to‘g‘ri va  tekzkor choralari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir fojeaning oldi olindi, deyiladi xabarda.