Ijtimoiy tarmoqlarda sarig‘i to‘q yashil rangda bo‘lgan tuxumlar haqida videolar tarqaldi. “Odditycentral” ma’lumotlariga ko‘ra, ularning muallifi hindistonlik Ak Shixabuddin ismli fermer.

Ta’kidlanishicha, Ak Shixabuddin fermasidagi tovuqlardan biri ma’lum muddat oldin yashil tuxum qo‘yishni boshlaydi. Parrandada hech qanday kasalliklar alomatlari aniqlanmagach, ustiga ustak g‘ayrioddiy tuxumning mazasi oddiy tuxumdan farq qilmagani uchun fermer o‘sha tovuqdan jo‘ja ochtiradi. Jo‘jalar ulg‘aygach, ulardan bir nechtasi sarig‘i to‘q yashil rangda bo‘lgan tuxum qo‘yishni davom ettirgan.

Ayni vaqtda olimlar noodatiy hodisani o‘rganishga kirishgan. Ularning fikricha, tuxum sarig‘ining bunday tusda bo‘lishi, parranda ozuqasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq fermer boshqacha fikrda, chunki uning fermasidagi tovuqlarning barchasiga bir xil turdagi ozuqa beriladi.

Tuxumlar tahlil uchun labaratoriyaga yuborilgan bo‘lib, hindistonlik fermer natijalarni intizorlik bilan kutmoqda.