Tergov departamenti axborot xizmati xabariga ko’ra, Qoraqalpog‘istonda joriy yilning 19-may kuni 43 yoshli M.P., Beruniy tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda To‘rtko‘l tumanida yashovchi “Qunduz” ismli ayol noqonuniy ravishda o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lib yurganligini bayon qilgan.

Foto: Tergovdepartamenti axborot xizmati

Uning ushbu arizasiga asosan shu kuni soat 21:00 da Bernuiy tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, To‘rtko‘l tumanida joylashgan namunali uyda ijarada yashab kelayotgan, 38 yoshli Qunduz K., o‘zining ikkinchi farzandi voyaga yetmagan 13 yoshli D.O., ni fuqaro S.E., ga 15,000 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollari hamda qolgan 14,600 AQSh dollari miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Qunduz. K., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.