Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Yugra-TV

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Koronavirus kasalligidan sog‘aygandan keyin virus tashuvchi bo‘lib qolish mumkinmi?

Javob: Mumkin. Ammo bu qancha vaqt davom etishi hozircha noma’lum. 

Viruslarga qarshi organizmda antitelalar ishlab chiqariladi. Agar antitelalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan va organizmda uzoq vaqt saqlanib turadigan antitelalar ustida ishlab chiqarilsa, unda immunitet umrbod saqlanishi mumkin. Sog‘aygan odamlarda mavjud virusning qoldiqlari, ba’zan musbat natija berishi mumkin, deya javob qaytarildi.