Moskva hayvonot bogʻida alligator Saturn vafot etdi, uning yoshi 84 da edi, afsonaga koʻra, u Adolf Gitler kollektsiyasida boʻlgan. Bu haqda muassasaning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Foto: Sputnik

“Kecha ertalab Missisipi alligatorimiz Saturn vafot etdi. U 84 yoshda edi. Yovvoyi tabiatda ushbu tur vakillarining umr koʻrish davomiyligi 30-50 yoshni tashkil etadi. Saturn uzoq va voqealarga boy hayot kechirdi. U 1936 yilda AQShda tugʻildi. Deyarli darhol u Berlin hayvonot bogʻiga olib ketildi,  1943-yil 23-noyabrda boʻlgan bombardimon qilingandan keyin u yerdan qochib ketdi”, – deyiladi xabarda.

Materialda yozilishicha, ingliz askarlari timsohni 1946 yilda topib olishdi va Sovet Ittifoqiga berib yuborishgan.

“1946-yil iyul oyida Saturn Moskvaga olib kelindi. Darhol u Berlindagi hayvonot bogʻida emas, balki Gitler kollektsiyasida boʻlganligi haqidagi afsona paydo boʻldi. Ammo u nazariy jihatdan kimgadir tegishli boʻlsa ham, hayvonlarning – urush va siyosatga aloqasi yoʻq, ularni inson gunohlarida ayblash bemaʼnilik”, – deyiladi xabarda.

Saturn Moskva hayvonot bogʻida 74 yil yashadi. Timsohning jasadi Darvin muzeyida saqlanadi.