“Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (310-son, 22.05.2020 y.) qabul qilindi.

Foto: Google

Qarorga muvofiq, suvni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni suv iste’molchilari tomonidan qoplash suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari miqdoriga qo‘shish orqali amalga oshiriladi.

Qaror bilan Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv resurslarini boshqarish, hisobga olish hamda iste’mol qilingan suv resurslarining hisobotini yuritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Suv xo‘jaligi ob’ektlarida suv resurslari hamda elektr energiyasidan foydalanishni “onlayn” rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli texnologiyalar joriy etiladi.

Jumladan, suv omborlari va irrigasiya tizimlarida jami 18,576 ta qurilma o‘rnatiladi.

Shuningdek, Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi jami 1687 ta nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanishda “onlayn” rejimida nazorat qilish joriy etiladi.

2023-yil 1-dekabrga qadar suv iste’molchilarining bosh suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan to‘liq jihozlanadi.