2020-yil 1-oktabrgacha Rossiya hukumati chet eldan yoqilg’i olib kirishni taqiqlab qo’ydi va shu bilan fuqarolarni arzon benzindan mahrum qildi, deb yozmoqda “Lenta”.

Foto: Google

Bu Rossiya Vazirlar Mahkamasining huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan qaroridan kelib chiqib aytilgan.

Taqiq, xususan, benzin, dizel, aviakerosin va dengiz yoqilg’isini o’z ichiga olgan. Farmonga muvofiq, Rossiyaning energiya xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda vaziyatni barqarorlashtirish uchun cheklovlar joriy etildi, deyiladi xabarda.