Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 25-may soat 15:30 holatiga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar umumiy ro‘yxatda 88 nafar ekanligi qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 nafar bemor butkul sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Bugungi kunda 78 nafar bemor Zarafshon shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamda NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli TSQ “Terapiya” bo‘limida davolanmoqda.

Ayni paytda viloyat bo‘yicha 6098 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 5233 nafari uy sharoitida, 865 nafari esa stasionar nazoratdagilardir.

Karantindagilarning asosiy qismi Zarafshon shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, 2111 nafar kishi umumiy karantinda bo‘lsa, shundan, 579 nafari statsionar, 1532 nafari esa uy sharoitida karantinga olindi.

Navoiy shahrida esa 27 nafar aholi statsionar hamda 52 nafari uy sharoitida karantinga olingan.

Xatirchi tumanida umumiy 726 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, shundan 153 nafari stasionar karantinda bo‘lib turibdi. Qolgan aholi esa uy sharoitida karantinda.

Konimex tumanida ham jami 171 nafar aholi karantinga olingan bo‘lib, shundan 95 nafari statsionar hamda 76 nafari uy sharoitida.

Karmana tumanida esa 202 nafar fuqarolar karantinga olingan bo‘lib, ularning 11 nafari statsionar sharoitda bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, Navbahor tumanida 904 nafar, Nurota tumanida 296 nafar, Qiziltepa tumanida 1444 nafar, Uchquduq tumanida esa 94 nafar, Tomdi tumanida ham 71 nafar fuqarolar faqat uy sharoitida karantinga olingan.