AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O Brayenning fikricha, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishda AQSh dunyoda birinchi mamlakat bo‘ladi.

Foto: O’zA

Meet the Press dasturida maslahatchiga Xitoy koronavirusga qarshi birinchi bo‘lib vaksina ishlab chiqarishi mumkinmi, deb savol berilganda, u “mening fikrimcha, Amerika birinchi bo‘ladi“, — deb javob berdi.

Jon Xopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda hozirgacha virus yuqtirganlarning soni 1,6 million kishiga yetgan va 97 ming holatda o‘lim qayd etilgan.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 5,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 345 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.