Avvalroq, “Ipoteka bank” xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat bo’yicha “Ipoteka bank” axborot xizmati izoh berdi.

Foto: Google

Bugungi kunda infeksiya aniqlangan xodim shifokorlar nazoratiga olingan hamda u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 25 nafar xodimlar esa karantinga olingan.

Hozirda bankning Bosh ofisida ish faoliyatini davom ettirayotgan barcha xodimlar COVID-19’ga test topshirmoqdalar.

Bank bo‘limlariga kelgan mijozlardan masofa saqlagan holda, tibbiy niqobda bank binolariga kirishlarini hamda sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.