Avval xabar qilinganidek, AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Google

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Nega chet davlatdan fuqarolarimizni tinimsiz olib kelyapmiz? Bu ahvolda kasallikni to‘xtatish mumkinmi?

Javob: Chet davlatlardan olib kelinayotgan fuqarolar davlat rahbarining ko‘rsatmalariga muvofiq charter reyslari tashkil etilib olib kelinyapti. Ular darhol karantinga olinyapti va kasallik aniqlansa davolash choralari ko‘rilyapti, deya javob qaytarildi.