Joriy yil 24-may kuni respublika “Ipoteka – bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Ma’lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a’zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan.